
Islohotalar
Toshkent shahrida Germaniyaning Physikalisch-Technische Bundesanstalt (PTB) tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida metrologiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi ekspert uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekistonda metrologiya tizimini isloh qilish jarayonining dastlabki natijalarini baholash, xususiy sektorning ushbu islohotlardagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda sohani malakali mutaxassislar bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Ekspert intervyularida metrologiya, muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan xususiy tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ular orasida G-TEST MChJ huzuridagi BM-Sert sertifikatlashtirish organi ham faol qatnashib, sohada olib borilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘z tajribasi va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Ekspert uchrashuvlari davomida yig‘ilgan fikr va takliflar xalqaro ekspertlar tomonidan umumlashtirilib, metrologiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalaniladi. Ushbu tavsiyalar O‘zbekistonda sifat infratuzilmasini rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish hamda metrologiya sohasining xalqaro talablarga muvofiq rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
G-TEST kompaniyasi sifat infratuzilmasini rivojlantirish, muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan bunday tashabbuslarda faol ishtirok etishni davom ettiradi.
Yangiliklarga qaytish