G-TEST
Akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

Akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

“G-Test” MChJ ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi (O‘ZAK.SL.0255) o‘z faoliyat doirasini kengaytirdi. Sinov laboratoriya Oiz DSt ISO/IEC 17025:2019 standart talablariga muvofiq ravishda faoliyat yuritadi hamda yangi mahsulot turlari bo‘yicha laboratoriya sinovlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur kengayish ishlab chiqaruvchilar, importyorlar va tadbirkorlik subyektlari uchun mahsulot sifatini tasdiqlash hamda normativ talablarga muvofiqligini aniqlashda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Yangi akkreditatsiya yo‘nalishlari

Laboratoriya quyidagi mahsulot va moddalar bo‘yicha tahlil xizmatlarini ko‘rsatadi:

  • gugurt mahsulotlari (Спички)
  • qattiq neft parafinlari (Парафины нефтяные твердые)
  • asalari mumi (Воск пчелиный)
  • plastmassadan tayyorlangan maishiy va madaniy-maishiy buyumlar
  • biologik faol qo‘shimchalar (БАД)
  • neft mahsulotlari
  • texnik siklogeksan
  • alyumokaliyli kvarslar
  • faollashtirilgan ko‘mir
  • texnik yod

Ushbu yo‘nalishlar sanoat, farmatsevtika, neft-kimyo, ishlab chiqarish va savdo sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Xalqaro talab asosidagi ishonchli laboratoriya sinovlari

ISO/IEC 17025 standarti laboratoriya kompetentligini tasdiqlovchi xalqaro mezon hisoblanadi. Ushbu standart asosida:

  • sinov natijalarining aniqligi va takrorlanuvchanligi ta’minlanadi;
  • o‘lchov vositalari muntazam kalibrlanadi;
  • sinov metodikalari tasdiqlangan normativ hujjatlar asosida qo‘llaniladi;
  • sifat menejment tizimi doimiy ravishda takomillashtiriladi.

Bu esa mijozlarga ishonchli, aniq va xalqaro talablarga mos laboratoriya xulosalarini taqdim etish imkonini beradi.

Nima uchun “G-Test” laboratoriyasini tanlash kerak?

  • Akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya (O‘ZAK.SL.0255)
  • Xalqaro standartlarga muvofiq sinov jarayonlari
  • Zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar
  • Tezkor va ishonchli natijalar
  • Kengaytirilgan akkreditatsiya sohasi (1,5 mingdan ortiq ko‘rsatkichlar)

Akkreditatsiya doirasining kengaytirilishi laboratoriyamizning texnik salohiyati va professional imkoniyatlari yanada oshganini tasdiqlaydi.

Hamkorlikka taklif qilamiz

“G-Test” MChJ ilmiy-tadqiqot markazi ishlab chiqaruvchi korxonalar, importyorlar, distribyutorlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni yangi yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriya sinov xizmatlaridan foydalanishga taklif etadi.

Mahsulotingiz sifatini tasdiqlash, xavfsizligini aniqlash va normativ talablarga muvofiqligini tekshirish uchun biz bilan hamkorlik qiling.

Yangiliklarga qaytish