G-TEST

Sertifikatlashtirish ishlarini o'tkazish tartibi

Sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya va ekologik ekspertizalarni o'tkazish zarurati SO tomonidan e'lon qilingan mahsulotga doir NHda tegishli talablar mavjud bo'lganda belgilanadi. Ushbu protseduralar sinovlar bilan bir vaqtda o'tkazilishi va muvofiqlik sertifikati berilgunga qadar arizachiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan holda yakunlanishi shart.SO ariza beruvchilarning talabiga binoan ularga quyidagi ma'lumotlarni tayyorlab taqdim etishi shart: Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan mahsulot turlari ro'yxati yoki undan ko'chirma; SO akkreditatsiya sohasi bo'yicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari; Sertifikatlashtirish xizmatlari uchun narxlar (tariflar) ro'yxati; Akkreditatsiya guvohnomasi.Mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi tegishli SOgaportaliorqali ariza yuboradi,Olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: Ishlab chiqariladigan mahsulot bo'yicha NH nusxasi (mavjud bo'lsa); Mahsulot markirovkasi namunasi yoki mahsulot haqida ma'lumot; Mahsulotda ishlatiladigan IMO huquqlarini tasdiqlovchi tegishli ob'ektni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi muhofaza hujjati nusxasi (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) yoki undan foydalanish bo'yicha litsenziya shartnomasi nusxasi (mavjud bo'lsa); O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelib tushganligi belgisi qo'yilgan tovar-kuzatuv hujjati nusxasi (tovar-transport yuk xatoti, invoice, schyot-faktura); Mavjud bo'lsa, davlat sanitariya nazorati organi laboratoriyasida o'tkazilgan sinov natijalari va NHda belgilangan boshqa talablar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan sinov bayonnomalari bilan birga sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi.Agar ariza beruvchi sanitariya-epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatini olish uchun bir vaqtning o'zida ariza taqdim etgan bo'lsa, sinov bayonnomalari bo'lgan sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda quyidagilar taqdim etilishi kerak: Ishlab chiqariladigan mahsulot bo'yicha NH nusxasi; Mahsulot markirovkasi namunasi; IMO huquqlarini tasdiqlovchi muhofaza hujjati nusxasi (mavjud bo'lsa); Mavjud bo'lsa, sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi.Ariza berish paytida e'lon qilingan mahsulot turini sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan SO mavjud bo'lmaganda, ariza Milliy sertifikatlashtirish organiga (MSO) yuboriladi, u sertifikatlashtirishni tashkil etish va sinovlar uchun ASLni belgilashga majbur. Bir nechta SO mavjud bo'lganda, ariza beruvchi o'z xohishiga ko'ra ulardan biriga murojaat qilishga haqli.Ariza berilgandan so'ng SO uni ko'rib chiqadi, hujjatlarni tahlil qiladi va ikki kundan kechiktirmasdan ariza beruvchiga sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlarini ma'lum qiladi. SO tomonidan IMO huquqlariga rioya etilishini o'rganish va tekshirish amalga oshiriladi. Himoya hujjati yoki litsenziya shartnomasi taqdim etilgan taqdirda, tekshirish amalga oshirilmaydi.Mahsulotda ishlatiladigan IMO huquqlariga rioya etilishini o'rganish davrida SO quyidagilarni amalga oshiradi: a) arizani ko'rib chiqish jarayonida ikki ish kuni ichida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Sanoat mulkini muhofaza qilish portali ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali tekshiradi; b) aynirlik yoki adashtirish darajasidagi o'xshashlik aniqlanganda, SO arizachiga asoslangan rad javobini beradi.Barcha kerakli hujjatlar (sinov bayonnomalari, tekshirish dalolatnomasi, xulosalar) taqdim etilgan kundan boshlab mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak. SO NH talablarining bajarilishini har bir alohida holatda aniqlaydi.Agar qo'shimcha hujjatlar ASLda muayyan ko'rsatkichlar bo'yicha sinov natijalarini o'z ichiga olsa, SO qo'shimcha sinovlarsiz ushbu natijalardan foydalanishi mumkin. Sinovlar ASLda o'tkaziladi. ASL mavjud bo'lmaganda, MSO sinov o'tkazish joyi va tartibini belgilaydi.Sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish SO tomonidan ariza berilgan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmasdan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi. Namunalar soni va saqlash qoidalari NHda belgilanadi.Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulotni identifikatsiya qilish qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agar namunalar NHga mos kelmasa, rad etish taqdim etiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot uchun dalolatnoma ikki nusxada, bojxona nazorati ostidagi import tovarlar uchun uch nusxada tuziladi.Ariza beruvchi o'z xohishiga ko'ra texnik tavsiflarini va boshqa akkreditatsiyalangan laboratoriyalar sinov bayonnomalarini taqdim etishi mumkin. Arizachi sinov jarayonida qatnashish huquqiga ega.Naminalar sinovlari natijalarining sifati va haqqoniyligi uchun sinovlarni o'tkazgan ASL javobgardir. Sinov bayonnomalari arizachiga va SOga taqdim etiladi. Salbiy natijalar yoki to'liq bo'lmagan hujjatlar taqdim etilganda SO rad etish haqida xulosa beradi.Sertifikatsiyalanadigan mahsulot ishlab chiqarish holatini tekshirish sertifikatlashtirish qoidalari bilan belgilanadi va dalolatnoma tuziladi. Tekshiruv muddati 10 kundan oshmasligi kerak.Sertifikatlashtirish tartibidan o'tishning umumiy muddati sinovlarning davomiyligiga qarab belgilanadi. Sertifikat davlat yoki rus tilida rasmiylashtiriladi va Davlat reestrida ro'yxatdan o'tkaziladi.Muvofiqlik sertifikati beriladi: Olib kelinadigan mahsulotga — yaroqlilik muddati bo'yicha; Kontrakt doirasida — bir kalendar yilidan ko'p bo'lmagan muddatga; Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga — 3 yilga.Muvofiqlik sertifikati bitta nomdagi tovarga beriladi va O'zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan butun partiyaga amal qiladi. Berilgan sertifikat asosida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi va mahsulot muvofiqlik belgisi bilan markalanadi. Sertifikat amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlangan deb hisoblanadi va takroriy sertifikatlashtirishga kiritilmaydi.Arizachi ishlab chiqariladigan mahsulot sertifikati muddati tugashidan kamida bir oy oldin takroriy sertifikatsiyaga ariza berish huquqiga ega. Ishlab chiqaruvchi texnologiyadagi o'zgarishlar haqida SOni xabardor qilishi shart.Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga sertifikat bergan SO yiliga kamida bir marta inspeksiya nazorati tekshiruvini o'tkazadi. Natijalarga ko'ra sertifikat amal qilishi tasdiqlanishi, to'xtatilib turilishi yoki bekor qilinishi mumkin.Inspeksiya nazoratini o'tkazish tartibi qoidalar bilan belgilanadi. SO ishlab chiqaruvchi va MSOga sertifikat to'xtatilgani yoki bekor qilingani haqida xabar berishga majbur.

Sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari va qoidalari:

Sertifikat faqat ro'yxat raqami mavjud bo'lganda haqiqiydir. Sertifikat amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlangan deb hisoblanadi va takroriy sertifikatlashtirishga talab etilmaydi.

Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibi

Ariza qoldirish

Sertifikatlashtirishning asosiy yo'nalishlari va quyi bo'limlari: